Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan direktor qayta ishga tiklandi, xodim foydasiga 20 mln so‘m undirildi

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 14-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 20 yildan buyon ishlab kelayotgan Shahzodaxon Jalilova Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan ishdan olinadi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi kutilmaganda Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining buyrug‘i bilan Mehnat kodeksining 157-moddasiga binoan, ya’ni taraflarning kelishuviga ko‘ra, bekor qilib yuboriladi.
O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi, haqiqatan ham ish beruvchi va xodim o‘rtasida tegishli ravishda kelishuv bo‘lgan edimi?
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi mutaxassislari tomonidan Sh.Jalilovaning avvalgi lavozimiga ishga tiklashga amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizani o‘z xohishiga ko‘ra yozmagani ma’lum bo‘ldi.
Ish sudda ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra Sh.Jalilova 14-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimiga ishga tiklandi. Majburiy progul kunlari va ma’naviy zarar uchun uning foydasiga salkam 20 million so‘m undirib berildi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.

Pedagogni saylov tadbirlariga jalb qilish qo‘shimcha haq evaziga amalga oshirilishi lozim
Pedagogni uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilganlar javobgar bo‘ladilar

Maktabga ishga kirish uchun milliy sertifkat kerakmi?
Bu mehnat qonunchiligiga zid

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud
Izohingizni tahrirlang