Pedagogni saylov tadbirlariga jalb qilish qo‘shimcha haq evaziga amalga oshirilishi lozim

Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi Qonunning 5-moddasiga ko‘ra pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilganlar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Pedagogni siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarga (saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etishga, test sinovlarida auditoriya nazoratchisi vazifasini bajarish, aholini ro‘yxatga olish ishlarida ko‘maklashishga, ta’lim tashkilotlarini tekshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etishga va boshqalarga) jalb qilish uning roziligiga ko‘ra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga, ishdan bo‘sh vaqtida yoki ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshiriladi.
Pedagogni biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash, shuningdek pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Pedagog o‘zining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan, shuningdek o‘z huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilgan taqdirda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Ta’lim tashkiloti tomonidan pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, pedagog ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmagan holda, o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatib, sudga bevosita murojaat qilishga haqli.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Pedagog xodim atamasiga qachon aniq ta’rif beriladi?
Normativ hujjatlarda berilgan ta’riflar ko‘pchilikni chalkashtiradi

Maktabga ishga kirish uchun milliy sertifkat kerakmi?
Bu mehnat qonunchiligiga zid

Podkast
Rasul Kusherbayev bilan suhbat

Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan direktor qayta ishga tiklandi, xodim foydasiga 20 mln so‘m undirildi
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi aybdor bo'lib chiqdi
Izohingizni tahrirlang