Ta’tilda bo‘lgan pedagoglarga topshiriqlar berilishi to‘g‘rimi?

12:22 / 09.07.2024
4.28k
Savol
Ta’tilda bo‘lishimizga qaramay, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi har kuni topshiriqlar beryapti. Har bir bitiruvchiga bir nafardan o‘qituvchi birkitildi. Agar bitiruvchi o‘qishga hujjat topshirmasa yoki kirolmasa, biriktirilgan o‘qituvchi javob berar emish.
Bugun esa psixologlarni mudir topshirig‘i bilan MMTBga yig‘ilishga chaqirishdi. U ham yetmagandek, 15 nafardan bitiruvchi olib borishga majbur bo‘lishdi. Hozir hamma mehnat ta’tilida bo‘lsa, bunday qilishlari tog‘rimi?
Javob
Mehnat kodeksining 216-moddasida har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davri ekanligi nazarda tutilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’tilni xodim istagancha rejalashtiradi. Mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimni qo‘shimcha ishlarga jalb qilish mumkin emas.
Xodimni ta’tildan chaqirib olishga esa Mehnat kodeksi 232-moddasiga ko‘ra, faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodim rozi bo‘lmasa, ta’tildan chaqirib olish mumkin emas. Buning to‘liq tartibi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimga qo‘shimcha topshiriqlar berish to‘g‘rimi?
Bu vaziyatda hududiy MMTB mas’ullari mehnat qonunchiligiga zid ravishda harakat qilmoqda.
Pedagog xodimlarning ish faoliyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi xodimlarining lavozim majburiyatlari” bilan tartibga solinadi.
Ammo mazkur hujjatda bitiruvchilarining har birini maktabdagi pedagog xodimlarga biriktirish, agar bitiruvchi oliy ta’limda o‘qish uchun hujjat topshirmaydigan bo‘lsa yoki hujjat topshirgan taqdirda ham o‘qishga kirolmasa, buning uchun pedagoglar javobgar bo‘lishi haqida hech qanday qoida belgilanmagan.
Bu holatda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga nisbatan Mehnat kodeksining 115-moddasi (Ish vaqtining normal muddati)ga zid ravishda mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilganlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atiladi.
Shu sababli, MMTB boshlig‘iga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi (Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan ma’muriy jarima qo‘llanilishi mumkin. Bunda jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha etib belgilangan.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.
09:31 / 30.10.2024

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud
09:58 / 17.10.2024

Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
IIIV ota-onalarni ogohlantirdi
10:18 / 15.10.2024

O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi
09:20 / 10.10.2024
Izohingizni tahrirlang