O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi

Joriy yilning mart oyida Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani va oqibatda bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Sal o‘tmay esa hodisa qurbonlari soni yana bir nafarga ko‘paygandi. Endilikda mazkur avtobus haydovchisi sud hukmi bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
“Qilgan ishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman. Meni kechiringlar”, degan sudlanuvchi.
Ma’lumot uchun, mazkur YTH joriy yilning 18-mart kuni soat 10:30 lar atrofida Buxoro viloyatining Kogon tumani hududidan o‘tuvchi A-380b avtomobil yo‘lining 32-kilometri hamda 4R-69 avtomobil yo‘lining 6-kilometri kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi O.Sh. boshqaruvida bo‘lgan avtobus hamda 1984-yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomobili to‘qnashib ketgan.
Hodisa yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, darhol tergovga kirishilgan.
Bundan tashqari, Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda ayrim mansabdor shaxslar maktab bolalarini avtobusda tashish va hamrohlik qilish ishlarini tashkil qilishda qo‘pol qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud

Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
IIIV ota-onalarni ogohlantirdi

Samarqandda sifatsiz qurilgan maktab binosi buzib tashlandi
Maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan
Izohingizni tahrirlang