Top.Mail.Ru
O‘qituvchilar maoshidan tejamoqchi bo‘lgan mamlakatlar bir kun kelib baribir katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchraydilar

O‘qituvchilar maoshidan tejamoqchi bo‘lgan mamlakatlar bir kun kelib baribir katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchraydilar

09:53 / 17.07.2024 1.15k

O‘qituvchilarga yaxshi haq to‘lanadigan tizimda o‘zaro raqobat kuchayadi, maktabga ishga kirish istagida bo‘lgan malakali da’vogarlar soni ortadi.


O‘qituvchilarga juda oz maosh to‘laydigan tizimlar esa past malakaga ega bo‘lgan xodimlarni ishga olishga majbur bo‘ladilar.


Past malakali mutaxassislar qancha ko‘p ishga olinsa, maktablarga bu odamlarni nazorat qilish va moslashtirish uchun shuncha ko‘p mutaxassis hamda boshqarma xodimlarini jalb qilish kerak bo‘ladi.


Ilg‘or yetakchi tizimlarda, o‘qituvchilar nisbatan yuqori maosh olishadi. Shu sababli bunday tizimlarda nazorat o‘rnatish uchun mutaxassislar va boshqarma xodimlari kamroq talab qilinadi. 


Qisqa qilib aytganda, o‘qituvchilar maoshidan tejamoqchi bo‘lgan mamlakatlar hamma xarajatlarni hisobga olganda, istiqbolda baribir katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchraydilar.


Andreas Shlyaher

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Iqtibos

Ulashish