Maktab o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimini kaltakladi

09:00 / 17.05.2024
2.88k
Darakchi.uz nashrining xabar berishicha, Namangandagi maktabda Milliy gvardiya xodimi o‘quvchilar tomonidan kaltaklangan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat 15- may kuni soat 12:05 da Namangan shahridagi 37-maktabda sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ta’lim muassasasining 11- sinf o‘quvchilari jadval asosida 5-soat dars jarayonlarini yakunlab, maktabning chiqish darvozasi oldiga kelganlarida navbatchilikda turgan milliy gvardiya tasarrufidagi maktab qorovuli O.E o‘quvchilarga dars tugaganligini isbotlash uchun maktab rahbarlaridan birini chaqirib kelishini aytgan.
O‘quvchilar bu ko‘rsatmaga bo‘ysunmay, eshikdan chiqishga uringan vaqtida milliy gvardiya qorovuli o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. 11- sinf o‘quvchilari U.M, N.T va qorovul O.E o‘rtasidagi tortishuv jarayoni noma’lum shaxs tomonidan telefonga tasvirga olinib, ertasi kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborilgan.
Holat yuzasidan 16- may kuni soat 16:30 da 11- sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, maktabgacha va maktab ta’limi Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, yoshlar tarbiyasida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilingan.
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘quvchilarning ota - onalariga nisbatan farzandlar tarbiyasiga e’tiborsizlik yo‘nalishida tergovga qadar surishtiruv ishlari yo‘lga qo‘yilib, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab rahbarlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi”, - deyiladi Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmatining rasmiy bayonotida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Inspektor-psixologlarning bolalar bilan ishlash bo‘yicha vakolatlari mustahkamlanmoqda
Bu bo'yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda
12:10 / 14.10.2024

Podkast
Milliy gvardiya bizga kerakmi?
20:00 / 27.03.2024

Farzandini maktabga jo‘natmagan ota 10 sutkaga qamaldi
Ota farzandini ta’limga qaytmasligini, hech kim hech narsa qila olmasligini ta’kidlagan.
10:30 / 19.05.2024

Maktab hududiga kirib qolgan yirtqich ayiq otib o‘ldirildi
Ayiq tajovuzkor harakat qilgan va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirgan.
16:00 / 16.05.2024
Izohingizni tahrirlang