Maktab hududiga kirib qolgan yirtqich ayiq otib o‘ldirildi

16:00 / 16.05.2024
2.58k
Daryo.uz nashri Surxondaryo viloyatida aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi haqida xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ayiq tajovuzkor harakat qilgan va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirgan.
Holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, 15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan.
Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan.
Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va yirtqich otib o‘ldirilgan.
Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimini kaltakladi
Holat Namangan shahridagi 37-maktabda sodir bo‘lgan.
09:00 / 17.05.2024

O‘qituvchini kaltaklagan fuqarolar IIB ga olib borilgan
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
09:00 / 14.04.2024

Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan tugadi
O'quvchilar о‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan.
15:00 / 27.03.2024

11-sinf o‘quvchisi Milliy gvardiya kiyimida boshqa bir maktabga kirishga urindi
Undan qalbaki guvohnomani topshirilishi so‘ralganda, u xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, hatosini tan olmasdan faol qarshilik ko‘rsatishga uringan.
18:00 / 06.03.2024
Izohingizni tahrirlang