Farzandini maktabga jo‘natmagan ota 10 sutkaga qamaldi

Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyatning O‘zbekiston tumani Qumbosdi qishlog‘ida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan shaxs farzandining tumandagi 45-maktabga borishiga to‘sqinlik qilib kelgan.
“2024-yilda to‘plangan ish hujjatlari O‘zbekiston tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ushbu fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 18- (mayda bezorilik) va 194 - (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutkaga qamoq jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish, “Oila-mahalla-maktab” uzviy tizimi asosida voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024-yil 26-fevralda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiya o‘rtasida 4-k/k va 5-k/k sonli qo‘shma qaror imzolangan.
Mazkur qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq endilikda maktablardagi davomat Milliy gvardiya bilan hamkorlikda yuritilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud

Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
IIIV ota-onalarni ogohlantirdi

Inspektor-psixologlarning bolalar bilan ishlash bo‘yicha vakolatlari mustahkamlanmoqda
Bu bo'yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Izohingizni tahrirlang