O‘quvchi maktab darsligini yo‘qotib qo‘ysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?

11:30 / 26.04.2024
8.25k
“Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalardan foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini to‘lashi shart.
Darsliklar ijarasi bekor qilingan. Lekin ushbu nizom amalda. Shuning uchun nizomdagi boshqa talablar hali ham o‘z kuchida deb hisoblaymiz.
O‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to‘laydi:
- 1-sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
- 2 - 4 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
- 5 - 11 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.
Bunda darsliklarning qiymati hisob-fakturada, yuk xatida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Narx shundan kelib chiqib belgilanadi.
Umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasidagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo‘yicha to‘lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek o‘quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsliklar vazni 300 grammdan oshmasligi kerak
Bu haqda umumiy texnik reglament tasdiqlangan
17:11 / 09.08.2024

Yangi maktab darsliklari mazmunini muhokama qilish taklif qilindi — Qozog‘iston
Qozog‘istonda 12-fevraldan boshlab yangi darsliklarning jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilmoqda.
12:00 / 28.02.2024

Shved maktablari planshetlardan kitoblarga qayta boshlagan
O'quvchilarning asosiy ko‘nikmalari pasayib borayotganidan xavotirlar kuchaygach 2023-yildan boshlab Shvetsiya an’anaviy o‘qitish usullariga qaytishni boshladi.
22:41 / 28.01.2024

Darsliklarni tanlash imkoniyati bo'lganda qanday bo'lardi?
Germaniyada maktab darsliklari nafaqat barcha federal hudud balki, maktablarda ham turlicha ekan.
23:46 / 26.01.2024
Izohingizni tahrirlang