Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsliklar vazni 300 grammdan oshmasligi kerak

Hukumatning tegishli qarori bilan “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamenti” tasdiqlangan.
Unga ko‘ra nashr vazni darsliklar uchun:
- 1-4-sinflar uchun — 300 grammdan;
- 5-6-sinflar uchun — 400 grammdan;
- 7-9-sinflar uchun — 500 grammdan;
- 10-11-sinflar uchun esa — 600 grammdan oshmasligi kerak.
Shuningdek, 1-4-sinflar uchun adabiyotlarda rangli bo‘yoqlar, shriftni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish qo‘llanilmaydi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash ham mumkin emas.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘quvchi maktab darsligini yo‘qotib qo‘ysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?
O‘quvchining ota-onasi zararni xuddi shunday darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan qoplaydi.

Yangi maktab darsliklari mazmunini muhokama qilish taklif qilindi — Qozog‘iston
Qozog‘istonda 12-fevraldan boshlab yangi darsliklarning jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Shved maktablari planshetlardan kitoblarga qayta boshlagan
O'quvchilarning asosiy ko‘nikmalari pasayib borayotganidan xavotirlar kuchaygach 2023-yildan boshlab Shvetsiya an’anaviy o‘qitish usullariga qaytishni boshladi.

Darsliklarni tanlash imkoniyati bo'lganda qanday bo'lardi?
Germaniyada maktab darsliklari nafaqat barcha federal hudud balki, maktablarda ham turlicha ekan.
Izohingizni tahrirlang