Shved maktablari planshetlardan kitoblarga qayta boshlagan

O‘quvchilarning asosiy ko‘nikmalari pasayib borayotganidan xavotirlar kuchaygach, 2023-yil sentyabr oyidan boshlab Shvetsiya an’anaviy o‘qitish usullariga qaytishni boshlagan.
Ta’limga yuqori raqamli yondashuvi bilan mashhur bo‘lgan mamlakat maktabgacha ta’lim muassasalarida raqamli qurilmalarni ixtiyoriy deb hisoblab, olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun raqamli o‘rganishni bekor qilgan.
To‘rtinchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘qish darajasining pasayishini bartaraf etish uchun Shvetsiya 2023-yilda maktablar uchun kitob sotib olishga 685 million kron, 2024 va 2025-yillarda esa har yili yana 500 million kron sarmoya kiritadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan Xorazm
viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanib, kelgusida
mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan.
2024-yilda Davlat byudjetidan Xorazm
viloyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini planshetlar bilan ta’minlash uchun 63
mlrd 636 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Avstraliyada 14-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlamoqda
Hukumat Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsliklar vazni 300 grammdan oshmasligi kerak
Bu haqda umumiy texnik reglament tasdiqlangan

Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda
Italiyada 2007-yildayoq bu bo‘yicha taqiq qo‘yilgandi

O‘quvchi maktab darsligini yo‘qotib qo‘ysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?
O‘quvchining ota-onasi zararni xuddi shunday darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan qoplaydi.
Izohingizni tahrirlang