Oʻquvchilarni igna sanchib jazolab kelgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

15:00 / 16.04.2024
2.45k
Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, o‘qituvchi qariyb bir o‘quv yili davomida o‘quvchilarni jazolashning shu “usul”idan foydalangan. Bu haqda Daryo.uz nashri xabar berdi.
Voqea Sergeli tumanidagi 277-maktabda sodir bo‘lgan. Hozirga qadar holat yuzasidan ayrim tafsilotlar ochiqlandi.
Shahzoda qizim maktabning birinchi sinfida o‘qiydi. Uning o‘qituvchisi S.R. bolalarni jazolash uchun ularning qo‘liga igna, “samorez” sanchib, shafqatsizlik qilib kelgan ekan. Bu haqda ota-onalar yaqinda bildik, — deydi Daryo.uz nashriga o‘zini Dilorom Mahmudova deb tanishtirgan ona.
Murojaatchi onaning bildirishicha, holat 2023—2024-o‘quv yili boshidan beri takrorlanib kelgan.
Bolalarimizga “bu haqda kimgadir aytsang, bundan battarini qilib, qo‘lingga mix tiqaman” deb qo‘rqitgan ekan, — deydi ona.
Yana bir suhbatdoshning ma’lumot berishicha, o‘qituvchi endigina birinchi sinfga chiqqan o‘quvchilarning xatosi uchun shunday jazolash usulini tanlagan. Birinchi sinf o‘quvchisi endigina harf taniyotgan bo‘lsa, o‘qituvchi bolalar qilgan har bir imloviy xato uchun ularning qo‘liga igna va “samorez” sanchib, bolalarimizning jonini og‘ritgan.

Bu holat anchadan beri sodir bo‘lib kelgan. Bolalar qo‘rqitilgani uchun bizga aytmagan, — deydi Muhammadamin ismli jiyani shu maktabda o‘qishini aytgan suhbatdosh. Bildirilishicha, ota-onalar holatdan norozi bo‘lib, bugun, 16-aprel kuni maktab direktori qabuliga kirgan. Direktor holat u maktabda yo‘q paytida sodir etilganini aytib, “suvdan quruq chiqish”ga uringan.
Holatga Bolalar ombudsmani ham rasmiy izoh berdi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumani, 277-o‘rta maktab 1-“E” sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onasi mazkur maktab direktoriga 1-“E” sinf rahbari S.R. (ayol) ustidan shikoyat qilgan.
Murojaatda ota-onalar sinf rahbari S.R. o‘quvchilar qo‘liga “samorez” va ignalar sanchib, turli jarohatlar yetkazgani, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirgan. 1-“E” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir etgani yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.
09:31 / 30.10.2024

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud
09:58 / 17.10.2024

Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
IIIV ota-onalarni ogohlantirdi
10:18 / 15.10.2024

O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi
09:20 / 10.10.2024
Izohingizni tahrirlang