O‘qituvchini kaltaklagan fuqarolar IIB ga olib borilgan

09:00 / 14.04.2024
3.30k
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-aprel kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi kaltaklangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.
Manbalarda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi kaltaklangani aytiladi. Ammo Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining bergan rasmiy bayonotlariga ko‘ra, u tarix va huquq fani o‘qituvchisi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Holat aslida qanday bo‘lgandi?
1-aprel kuni Toshloq tuman markazida joylashgan 25-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi X.S. soat 11.00 larda ya’ni katta tanaffus vaqtida ushbu maktabning 7-sinf o‘quvchisi M.D. ning yuz qismiga sport to‘pini uloqtirganligi bo‘yicha, tarix fani o‘qituvchisi O.Mamajonov 9-sinf o‘quvchisini chaqirib, qo‘li bilan uni turtgan holda nojo‘ya xatti-harakati uchun tanbeh bergan.
O‘quvchi X.S tarix o‘qituvchisiga ham hurmatsizlik qilgan holda bildirilgan tanbehdan norozichiligini bildirib, qo‘l telefoni orqali onasiga qo‘ng‘iroq qilib o‘qituvchisi uni urib haqorat qilganligini aytgan. Tarix o‘qituvchisi O.Mamajonov esa holat yuzasidan maktab direktori M.Temirovaga ma’lumot bergan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay o‘quvchining qarindoshlari 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro X.A. va 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro X.J lar yetib kelib, maktab qorovulidan direktor oldiga kelishganini aytib, kirish uchun ruxsat so‘rashgan.
Maktab qorovuli tomonidan direktorga xabar berilib, uning ruxsati bilan fuqarolar ichkariga kiritilgan. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida, maktab direktori, o‘qituvchi O. Mamajonov va o‘quvchi X.S.hamda uning qarindoshlarini o‘z xonasiga taklif qilgan. Suhbat jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining qarindoshlari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelib, janjallashib ketishgani oqibatida o‘qituvchi O.Mamajonov, yuz sohasiga qo‘l bilan urilgan zarbadan tan jarohati olgan.
“Holatdan xabar topib yetib kelgan maktab-inspektor psixologi tashvish tugmasi orqali qo‘riqlash xodimlarini chaqirgan va zudlik bilan yetib kelgan tuman qo‘riqlash bo‘limi “tezkor harakatlanuvchi guruh” xodimlari tomonidan barcha holat ishtirokchilari hududiy IIB ga olib borilgan. Ushbu holat yuzasidan hudud profilaktika inspektori tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘qituvchi O.Mamajonov va o‘quvchi X.S lar sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan”, deyiladi Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasining rasmiy bayonotida.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning Daryo.uz nashriga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqarolarga Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud tibbiy ekspertizaning 2-apreldagi xulosasida o‘qituvchi M.O.da yopiq bosh miya shikasti, bosh miya chayqalishi, chap qosh tashqi burchak sohasi yirtilgan yarasi, bel, chap yelka va tirsak sohalari yumshoq to‘qimalari lat yeyishi aniqlangan.
Bu tan jarohatlari sog‘liqning qisqa vaqt — 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga sababchi bo‘lgan shikastlar toifasiga kirishi tasdiqlangan. O‘quvchi S.X.ning bo‘yin sohasida esa tirnalmalar aniqlangan. Bu tan jarohati 6 kundan ko‘p davom etmaydigan, tez o‘tib ketuvchi yengil shikastlar toifasifa kirishi tasdiqlangan.
Bu tan jarohatlari sog‘liqning qisqa vaqt — 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga sababchi bo‘lgan shikastlar toifasiga kirishi tasdiqlangan. O‘quvchi S.X.ning bo‘yin sohasida esa tirnalmalar aniqlangan. Bu tan jarohati 6 kundan ko‘p davom etmaydigan, tez o‘tib ketuvchi yengil shikastlar toifasifa kirishi tasdiqlangan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.
09:31 / 30.10.2024

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud
09:58 / 17.10.2024

Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
IIIV ota-onalarni ogohlantirdi
10:18 / 15.10.2024

Inspektor-psixologlarning bolalar bilan ishlash bo‘yicha vakolatlari mustahkamlanmoqda
Bu bo'yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda
12:10 / 14.10.2024
Izohingizni tahrirlang