Lavozimlarni qisqartiraverish xodimlarning ishchanlik kayfiyatiga ta'sir qiladi

11:00 / 01.04.2024
6.59k
Deyarli har yili ta’lim tizimida lavozimlar o‘zgartirilishi yoki qisqartirilishiga o‘rganib ham qoldik. Yangilik kiritish kerak ekan deb, bo‘lar-bo‘lmas o‘zgarishlar qilaverish hech qachon yaxshilikka, ta’lim sifatining ortishiga xizmat qilmaydi.
Adashmasam, 2017-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga faqat pensioner harbiylardan tayinlanishi haqida taklif kiritilgandi. Hatto buning uchun nomzodlar ro‘yxati ham shakllantirilgan. Shuni deb yil davomida direktor o‘rinbosarlari tushkun kayfiyatda ishlashga majbur bo‘lgan o‘shanda. Yaxshiyamki, bu taklif ma’qullanmadi.
Adashmasam, 2017-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga faqat pensioner harbiylardan tayinlanishi haqida taklif kiritilgandi. Hatto buning uchun nomzodlar ro‘yxati ham shakllantirilgan. Shuni deb yil davomida direktor o‘rinbosarlari tushkun kayfiyatda ishlashga majbur bo‘lgan o‘shanda. Yaxshiyamki, bu taklif ma’qullanmadi.
Keyinchalik, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tugatilib, Yoshlar ittifoqi tuzilgani uchun yoshlar yetakchisi lavozimi qayta tashkil etilib, ko‘plab o‘rta maxsus ma’lumot bilan ishlayotgan yetakchilar ishsiz qolishdi. Ularning o‘rniga esa oliy ma’lumotli yoshlar yetakchilari tayinlandi. Yetakchilik lavozimi joriy qilinganiga hech qancha bo‘lmay turib, maktabda yana yangi “Ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi” lavozimini joriy etilayotganligi uchun yetakchilar shtat birligini 0.75 stavkaga tushirish taklifi berildi. Buning oqibatida yoshlar yetakchilari sarosimaga tushdi.
Keyinroq, Prezidentga yoshlar nomidan murojaat bo‘lgach, yetakchilik shtati to‘liq saqlanib qoladigan bo‘ldi. Oradan biroz vaqt o‘tgach esa, endi maktabdagi yoshlar yetakchisi shtat birligini butunlay tugatish taklifi berildi. Maktabga yetakchilik shtati kerak bo‘lmasa, unda nima uchun bu lavozim joriy qilingan degan savol esa hali ham ochiq turibdi.
Keyingi navbat psixolog lavozimiga keldi. Xabaringiz bo‘lsa, 2018-yilda maktablardagi psixolog shtat birligi kam ekanligi sababli 2018-yilning 1-sentyabridan ularning shtat birligi sezilarli darajada ko‘paytirildi. Fevral oyida esa psixolog shtatlarini qisqartirish hisobidan maktabga yana yangi - voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha 2 mingta profilaktika inspektori lavozimini kiritilishi aytildi. Va bu amalga ham oshdi.
Prezidentning 2023-yil 25-yanvardagi PF–14-son Farmoni bilan O‘zbekistonda eng katta ma’muriy islohotlardan biri ham amalga oshirilib, mazkur farmoni bilan barcha davlat tashkilotlarida yirik qisqartirishlar bo‘ldi, shu jumladan hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida ham. Tuzilmalar, shtat va lavozimlar tasdiqlanib olgunga qadar ishini yo‘qotishni xohlamagan xodimlarning boshidan ancha qiyinchiliklar o‘tdi. Buning natijasida xodimlarning ishchanlik qobiliyatiga ancha putur yetgan bo‘lsa kerak.
Mana endi hammasi tugadi, bemalol ishlaymiz deb turgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlariga yana bir katta qisqartirish kelib, Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-176-son qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan jami 929 ta shtat birliklari, jumladan 707 ta hamda 2024-yil 1-avgust kunidan 222 ta shtat birliklari qisqartirilib, Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkaziladigan bo‘ldi.
2023-yil 15-iyundan boshlab esa hali tashkil etilganiga hech qancha vaqt bo‘lmagan lavozim – “Ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi” shtat birligi ham tugatildi. Kuni-kecha maktablardagi direktor o‘rinbosari, psixolog, kutubxonachi va laborant lavozimlarini qisqartirish taklifi berilganligi, qisqartirishlar ro‘yxatida esa hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari va buxgalterlar ham borligi ma’lum bo‘ldi.
Endi buyog‘iga maktablardagi lavozimlarni o‘zgartirish yoki qisqartishni to‘xtatish kerak. Agar judayam zarur bo‘lib, ta’lim tizimidagi lavozimlarga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lib qolsa, umuman sohaga aloqasi bo‘lmagan shaxslardan emas, ta’lim tizimida katta tajribaga ega bo‘lgan pedagoglar bilan maslahat qilish lozim. Chunki ish yuklamasini hisobga olmasdan bosilgan har qanday qadam keyinroq salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Eng muhimi bu masalada yakdil bir qarorga kelib olish lozim. Chunki hadeb lavozimlarni qisqartirish yoki ularning vazifalarini o‘zgartiraverish, xodimlarning ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. O‘ylab ko‘ring, yaxshi kayfiyatda ishlamoqchi bo‘lib turgan xodimga, siz yaqinda ishdan bo‘shaysiz, lavozimingiz qisqarar ekan deyishsa, u xodim qanday holga tushadi? Sizningcha, shu kayfiyat bilan ish boshlagan xodim yaxshi ishlay oladimi? Masalaning shu tarafini o‘ylamasdan juda ko‘p harakatlar bo‘lyapti.
Maktabdagi direktor o‘rinbosari, laborant va psixolog lavozimini tugatish yoki qisqartirish bilan hech nima ijobiy tomonga o‘zgarib qolmaydi. Undan ko‘ra pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini qanday himoya qilish, bemalol emin-erkin ishlashlari uchun sharoit yaratish, ularni o‘z vazifalariga kirmaydigan qo‘shimcha ishlardan butkul ozod qilish haqida bosh qotiraylik.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Bu jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin
15:06 / 16.09.2024

Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlar endi qanday harakat qilishi kerak?
Qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar bor?
10:19 / 09.09.2024

Maktablardagi shtatlarni qisqartirish taklifi kimdan chiqqandi?
Hujjat loyihasida boshqa lavozimlar ham bor edi
14:13 / 07.09.2024

Psixolog lavozimi butunlay tugatildimi?
Bu lavozim butunlay tugatilmaydi
19:30 / 06.09.2024
Izohingizni tahrirlang