Psixolog lavozimi butunlay tugatildimi?

Savol
Psixolog shtat birligi to‘liq tugatildimi? Hozir amalda ishlab kelayotgan barcha psixologlar ishdan bo‘shatiladimi?
Javob
Joriy yilning 30-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 288-sonli buyrug‘i bilan ta’lim muassasalaridagi ayrim lavozimlar qisqarishi haqida xabar bergandik.
Mazkur buyruq bilan o‘quvchilar soni 1500 nafar bo‘lganda 1 shtat birlik, 1500 nafardan yuqori bo‘lganda 2 shtat birlik psixolog lavozimi ajratilishi belgilandi.
Lekin bu barcha psixologlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishini anglatmaydi.
Ya’ni, 1 500 nafargacha o‘quvchi tahsil olayotgan maktablarda 1 shtat birlikda, o‘quvchilar soni 1 500 va undan ortiq bo‘lganda 2 shtat birlikdagi psixolog lavozimi saqlab qolinadi.
Bunda o‘quvchilar soni 500 nafardan 1000 nafargacha bo‘lgan maktablardagi 0.5 stavkadagi psixolog shtati tugatilib, faqat 1 stavkadagi psixolog lavozimi qoldiriladi.
O‘quvchilar soni 1 500 nafardan 2 000 nafargacha bo‘lgan maktablardagi 0.5 stavka miqdorida ishlayotgan psixologlarning shtat birligi tugatildi.
Shuningdek, o‘quvchilar soni 2 ming nafar va undan ortiq bo‘lgan maktablardagi qo‘shimcha 1 ta psixolog shtat birliklari tugatilib, faqat 2 ta shtat birligi qoldiriladi. Avval shu son 3 ta shtat birlikni tashkil etardi.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Bu jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin

Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlar endi qanday harakat qilishi kerak?
Qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar bor?

Maktablardagi shtatlarni qisqartirish taklifi kimdan chiqqandi?
Hujjat loyihasida boshqa lavozimlar ham bor edi

Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
Psixolog, kutubxonachi va laborant lavozimlari qisqartirildi
Izohingizni tahrirlang