O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?

09:40 / 11.03.2024
5.01k
Savol
Men 11-sinf rahbariman. 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarimning barchasi pasport olishi kerakligi aytildi. Lekin, 2 nafar o‘quvchim bir necha bor ogohlantirishimga qaramay pasport olishni istamayapti. Ularni deb direktorimiz menga chora ko‘rmoqchi bo‘lyapti. Shu o‘quvchilar o‘z vaqtida pasport olmaganligi uchun javobgarlikka tortsa bo‘ladimi?
Javob
Joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron e.shahodatnoma.uz bazasiga kiritilmagan.
Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarur.
Qonunchilikka ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga ega bo‘lishlari shart. 16 yoshga to‘lgan shaxsga fuqarolik pasporti ichki ishlar organlari tomonidan beriladi.
Ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasida o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan identifikatsiyalovchi ID-kartasini o‘z vaqtida olmasa ham ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi degan qoida mavjud.
Shu sababli o‘z vaqtida pasport olmagan maktab bitiruvchilarini ham ularning ota-onalarini ham javobgarlikka tortishning imkoni yo‘q. Bu vaziyatda ota-onalardan 16 yoshga to‘lgan farzandlarining o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashini so‘rab murojaat qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Kuni-kecha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (id karta) olishlarini so‘rab, ota-ona va bitiruvchilarga murojaat qildi.
Kuni-kecha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (id karta) olishlarini so‘rab, ota-ona va bitiruvchilarga murojaat qildi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab bitiruvchisining o‘z vaqtida fuqarolik pasportini olmaganligi uchun sinf rahbarlariga ham javobgarlik belgilanmagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.
09:31 / 30.10.2024

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud
09:58 / 17.10.2024

Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
IIIV ota-onalarni ogohlantirdi
10:18 / 15.10.2024

O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi
09:20 / 10.10.2024
Izohingizni tahrirlang