Ommalashtirish platformasi 20-mart kuni yopiladi

13:50 / 09.03.2024
8.97k
Ma’lumki, 1-martdan boshlab takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul qilish jarayonlari boshlangan edi.
Xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan tashkil etilgan ovozli chatda Rerspublika ta’lim markazi mas’ul xodimlari ommalashtirish platformasi 20-mart kuni yopilishini ma’lum qildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish tartibiga ko‘ra tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.
Respublika miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Respublika taʼlim markazining Ilmiy-metodik kengash qarori har yili 30-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, maktab miqyosida ommalashtiriladigan ishlar haqidagi pedagogik kengash qarori 20-mart sanasiga qadar chiqarilgan bo‘lishi lozim.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
14:45 / 02.07.2024

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi uchun 7 balldan 15 ballgacha berililishi mumkin.
22:30 / 23.06.2024

O‘qituvchilarning ma’lumotlari “ERP” bazaga noto‘g‘ri kiritilganligi sababli ommalashtirish sertifikatlarida xatolik ketgan
Ma’lum bo‘lishicha, ommalashtirish bo‘yicha sertifikatlarning soxta ko‘rinishlari ham paydo bo‘lgan.
09:00 / 12.06.2024

20-may kuni ommalashtirishga tavsiya qilingan ishlar e’lon qilinadi
“Rad etilgan” metodik ishlar va rad etish sabablari ham eʼlon qilinadi.
20:00 / 11.05.2024
Izohingizni tahrirlang