20-may kuni ommalashtirishga tavsiya qilingan ishlar e’lon qilinadi

20:00 / 11.05.2024
4.24k
Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi Oʻquv metodik kengashlar tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda. Bu haqda Respublika taʼlim markazi xabar berdi.
2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan “Rad etilgan” metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi.
2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqolpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi.
Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan “Rad etilgan” talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi.
Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi.
2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
“Talabgorlar natijalar boʻyicha ommalashtirish.uz platformasidagi shaxsiy kabineti, @ommalashtirishuzbot telegram boti hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Respublika taʼlim markazi rasmiy telegram kanallari orqali tanishishlari mumkin”, deyiladi Respublika taʼlim markazi xabarida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
14:45 / 02.07.2024

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi uchun 7 balldan 15 ballgacha berililishi mumkin.
22:30 / 23.06.2024

O‘qituvchilarning ma’lumotlari “ERP” bazaga noto‘g‘ri kiritilganligi sababli ommalashtirish sertifikatlarida xatolik ketgan
Ma’lum bo‘lishicha, ommalashtirish bo‘yicha sertifikatlarning soxta ko‘rinishlari ham paydo bo‘lgan.
09:00 / 12.06.2024

O‘qituvchining eski tartib bo‘yicha ommalashtirilgan ishlari bekor qilinganmi?
Respublika ta’lim markazi to'liq tushuntirish berdi.
09:30 / 16.04.2024
Izohingizni tahrirlang