Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama bersa bo‘ladimi?

22:30 / 23.06.2024
2.25k
Savol
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa ustama uchun shu maktabdan ball beriladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 1-ilova, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezoniga ko‘ra o‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi uchun 7 balldan 15 ballgacha beriladi.
Agar o‘qituvchining ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilgan bo‘lsa va o‘qituvchi ayni vaqtda boshqa maktabda ishlayotgan bo‘lsa, uning avvalgi ish joyidagi ommalashtirilgan ish tajribasi uchun ball berilmaydi.
Chunki, maktab miqyosida ommalashtirilgan ishga ball berish uchun Ishchi guruhga ta’lim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi taqdim etilishi lozim.
Ishchi guruh maktab miqyosida ommalashtirilgan ishga ball berishi uchun esa ish tajribasi aynan shu maktabda ommalashtirilgan bo‘lishi lozim.
Diqqat: Agar pedagog xodimning ish tajribasi tuman (shahar), viloyat yoki respublika miqyosida ommalashtirilgan bo‘lsa, unda pedagog xodim ish joyini o‘zgartirgan taqdirda ham ball berilishi mumkin deb hisoblaymiz.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchi ikkita sertifikatga ega bo‘lsa, ikkisi uchun ham ustama to‘lanadimi?
Ustamalar yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi
16:59 / 27.10.2024

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
15:39 / 15.10.2024

Podkast
Pedagoglar ustamalarning qancha qismidan foydalanyapti?
12:00 / 17.05.2024

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
Pedagog xodimlarning erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi.
00:00 / 26.02.2024
Izohingizni tahrirlang