Bo‘lib o‘qitiladigan fan o‘qituvchilariga sinf rahbarlik yuklab bo‘lmaydimi?

22:51 / 07.02.2024
838
Savol
Informatika fani o‘qituvchisi sinf rahbarlik qilolmaydi deyishdi. Sababi, informatika bo‘lib o‘qitilar ekan. Shuning uchun bunga taqiq bor ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Javob
Ma’lumki, 2021-yil 22-fevral kuni Xalq ta’limi vazirligining 41-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yiladigan talablar o‘zgargandi.
Mazkur buyruq bilan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib o‘qitishni talab etadigan ya’ni, jismoniy tarbiya, texnologiya, chet tili, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilariga sinf rahbarligini biriktirish taqiqlangan edi.
Hozir bu talablar bekor bo‘lgan. Hozirgi kunda sinf rahbarlari faoliyatini tartibga solish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan, boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan pedagoglar sinf rahbari bo‘lib ishlashi mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi.
Maktablarda mehnatni soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

hbhfidlids
kndknvklnds
21:47 / 18.12.2024

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.
09:19 / 30.10.2024

Podkast
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?
12:36 / 16.05.2023

Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchilarga dars berilmaydimi?
Sinf rahbarlik lavozimini o‘qituvchiga majburiy tarzda biriktirish haqida qoida mavjud emas.
13:54 / 06.08.2024
Izohingizni tahrirlang