Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchilarga dars berilmaydimi?

Savol
Matematika fani o‘qituvchisiman. Shu yil avgustdan dekret ta’tilidan ishga qaytmoqchi edim, ammo direktorimiz sinf rahbarlik qilasiz deyapti. Lekin meni 2 yoshga to‘lmagan yosh bolam bor, sinf olmoqchimasman desam, sinf olmasangiz dars bermaymiz deyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Javob
Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi.
Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tili berilganda xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.
Sinf rahbarlik masalasiga kelsak, o‘qituvchining sinf rahbarlik lavozimini egallashi bu uning huquqi, majburiyat emas. Ya’ni, pedagog xodim istasa sinf olishi yoki olmasligi ham mumkin.
Sinf rahbarlarni lavozimga tayinlash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.
Mazkur yo‘riqnomada sinf rahbarlik lavozimini o‘qituvchiga majburiy tarzda biriktirish haqida biron bir qoida mavjud emas.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘qituvchilariga darslarni taqsimlash esa “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami № 3271) muvofiq amalga oshiriladi.
Nizom shartlariga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur nizomda belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Ushbu nizomda ham o‘qituvchiga sinf rahbarlik yuklatilishi yoki yuklatilmasligi dars soatlarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi haqida hech bir qoida qayd etilmagan.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maktab ma’muriyati o‘qituvchi sinf olmasa, uning darslarini kamaytirib yoki umuman dars bermaslikka haqli emas.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Intervyu
Dars taqsimoti, maktablardagi shtatlar, o‘qituvchi tarif stavkasi haqidagi muammoli savollarga javob topish uchun ayrim vazirliklarga yuzlandik.

“Tarbiya” fani qayta tayyorlashda o‘qigan psixologga beriladimi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga?
Ushbu fanni psixolog ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ham o‘qitishi mumkin

Joriy o'quv yilidan pensionerlarga faqat 6 soat dars beriladimi?
Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarni dars soatlari bilan ta’minlash borasida xabarlar tarqaldi

30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos
Izohingizni tahrirlang