Bolalarni urgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi

12:25 / 26.06.2024
2.63k
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan 16-bog‘cha tarbiyachisi bolalarni oyoq kiyimi bilan urgani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
Shundan so‘ng Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati holat yuzasidan viloyat va tuman maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma va tuman mas’ullari tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat o‘rganiligini ma’lum qilib, DMTT tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 2024-yil 19-iyun sanasidan e’tiboran egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida ma’lum qilgandi.
Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda tarbiyachiga nisbatan Jinoyat kodeksining 110- moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu bandlarda esa uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi nazarda tutilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.
09:31 / 30.10.2024

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Bog'chalardagi ta’lim sifati ijobiy baholandi
22:02 / 19.10.2024

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud
09:58 / 17.10.2024

"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi
13:44 / 15.10.2024
Izohingizni tahrirlang