"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi

“Ochiq budjet” portalida ilk marta “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. 2025-yilda davlat investitsiya dasturi asosida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning 50 foizi fuqarolar ovozi orqali tanlab olinadi.
15-oktyabr soat 10:00 da “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish berish jarayoni boshlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2025-yilgi davlat investitsiya dasturi asosida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning 50 foizi ovoz berish orqali jamoatchilik tomonidan tanlanadi.
Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi belgilagan ro‘yxat asosida respublika bo‘yicha 451 ta bog‘cha ovozga qo‘yilgan. Ajratilgan budjet – 397,6 mlrd so‘m.
Ovoz berish jarayoni 25-oktyabr 10:00 gacha davom etadi. Xuddi “Tashabbusli budjet” kabi, “Mening bog‘cham”da ham “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyiliga amal qilinadi.
Loyihalarga uch xil yo‘l bilan ovoz berish mumkin:
- opedbudget.uz portalining veb-sayti orqali;
- Telegram’dagi rasmiy bot orqali.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Bog'chalardagi ta’lim sifati ijobiy baholandi

Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi
Vazirlik bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi

Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi
Bu haqda Prezident farmoni imzolandi

Maktablarning bo‘sh yerlarida xususiy bog‘cha qurishga ruxsat berildi
Prezident Farmoni imzolandi
Izohingizni tahrirlang