Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 37 ta boshqaruv xodimi 39 ta tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.
Agentlik tomonidan ushbu qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritilib, “tadbirkor” xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilgan hamda qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgani aytildi
Antikorrupsiya agentligi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlilini e’lon qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga noma’lum shaxs 5000 AQSH dollari tashlab ketti
Holat vazir Hilola Umarovaning shaxsan nazoratiga olindi

"RayONO"ga boshliqlik uchun $55 000, o‘qituvchilikka $1000: ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
Fuqarolar firibgarlik va pora berishda ayblangan

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ochiq ma'lumotlarni e'lon qilishda yuqori natijani qayd etdi
Bu borada vazirlik ikkinchi o‘rinni qayd etdi.
Izohingizni tahrirlang