Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risida"gi Nizomga ko‘ra vazir ustamasiga faqat vazirlik tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlar da’vogarlik qilishi mumkin edi.
Ushbu qaror imzolangan vaqtda Maktabgacha ta’lim agentligi alohida tashkilot hisoblanib, vazirlik tuzilmasiga kirmasdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-sonli farmoni bilan Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatilib, agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgandi.
Endilikda, “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-152-son, 30.09.2024 y.) bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari ham vazir ustamasini olishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Katta ehtimol bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining vazir ustamasiga da’vogarlik qilishi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar imkoniyatini cheklamaydi. Ya’ni, vazir ustamasini belgilashda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun alohida kvota ajratilishi mumkin.
Natijada esa bu umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar kvotasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil uchun vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar kvotasi soni 1250 nafar etib belgilangan. Shundan 1150 ta kvota umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Bog'chalardagi ta’lim sifati ijobiy baholandi

"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi

Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi
Vazirlik bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi

Maktablarning bo‘sh yerlarida xususiy bog‘cha qurishga ruxsat berildi
Prezident Farmoni imzolandi
Izohingizni tahrirlang