Maktablarning bo‘sh yerlarida xususiy bog‘cha qurishga ruxsat berildi

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4-sentyabr kuni maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi.
Mazkur taqdimotda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish taklifi ilgari surilgandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.
Farmon bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab qamrov darajasi past bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etildi.
Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalariga ularning bo‘sh turgan yer uchastkalarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ham ruxsat etildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Bog'chalardagi ta’lim sifati ijobiy baholandi

"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi

Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi
Vazirlik bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi

Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi
Bu haqda Prezident farmoni imzolandi
Izohingizni tahrirlang