Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi

2024-yil 16-sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahrida 13 yoshli o‘quvchi bolg‘a bilan o‘z sinfdoshlari va o‘qituvchisiga hujum qildi.
Hujum Chelyabinskdagi 68-maktabda, dars vaqtida sodir bo‘lgan. O‘quvchi bolg‘ani sumkasida olib kelgan va dars boshlanishi bilan hujumni amalga oshirgan.
Hujum oqibatida to‘rt kishi — uch nafar o‘quvchi va bir nafar o‘qituvchi jarohat oldi, ulardan bir qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelib, hujum qilgan o‘quvchini to‘xtatishgan. O‘quvchi keyinchalik o‘z joniga qasd qilishga ham uringan, lekin bu amalga oshmay qolgan. Hozirda u psixiatriya klinikasiga joylashtirilgan va hujum sabablari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
"O‘quvchi bolg‘ani maktabga qanday olib kirgani katta savol. Nima uchun qo‘riqlash xizmati javob bermadi? Huquqni muhofaza qilish organlari, ta’lim vazirligi, shahar ma’muriyati, bola huquqlari bo‘yicha vakilga vaziyatni batafsil o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, barcha ta’lim tashkilotlarida tekshiruvlar o‘tkazishni topshirdi", deydi Chelyabinsk gubernatori Aleksey Teksler.
Bu hodisa Rossiyada jamoatchilik e’tiboriga tushgan va hujum "qotillikka urinish" sifatida baholangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan bola maktabdagi psixolog yordamidan foydalangan va sinfdoshlaridan ijtimoiy jihatdan ajralgan bo‘lgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

"Rus maktab"larini kamaytirish taklif qilindi
Kam sonli rus vatandoshlar uchun rus tilli maktab va telekanallar nomutanosib darajada ko‘p.

Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi
Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib, o‘quvchilarnung dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilandi.
Izohingizni tahrirlang