O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun qaysi tashkilotdan ruxsat olish kerak?

17:00 / 18.03.2024
4.73k
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga 2-ilovada “O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablar” belgilangan.
Ushbu yo‘riqnomaning 40-bandi, 2-xatboshiga ko‘ra bolalar, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun ta’lim muassasasi ma’muriyati jo‘nab ketish sanasini, yo‘nalishni va jo‘nab ketuvchilar sonini ko‘rsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilishi lozim.
Bunda ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari jo‘nab ketishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, qoidaga ko‘ra jo‘nab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.
Jo‘nab ketish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ruxsatnomasi olingandan keyin ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Ta’lim muassasasi ma’muriyati tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin jo‘nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yo‘lini, shuningdek, barcha yo‘lovchilar ro‘yxatini, avtobuslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib, hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi.
Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan bolalarga hamrohlik qilish uchun maxsus xodimlar ajratilgan holda ekskursiya yoki turistik sayohatlar tashkil etilishi mumkin.
Bolalarni sayohatga olib borish uchun bir qancha amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Maktab o‘quvchilarini o‘zboshimchalik bilan ekskursiya yoki turistik sayohatlarga olib borish esa javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu masalada o‘ta hushyor bo‘lish talab etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi
09:20 / 10.10.2024

5 oyda YTH oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan
294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olgan.
22:30 / 26.06.2024

2024-yil 1-iyuldan yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus kameralar oʻrnatiladi
Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
10:30 / 27.03.2024

Maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi – u traktorni boshqarib, poyezd bilan to‘qnashgan
U traktorni boshqarib, poyezd yo‘liga chiqib ketgan.
09:00 / 24.05.2024
Izohingizni tahrirlang