5 oyda YTH oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan

Dastlabki 5 oyda 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olgan.
25-iyun kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari hamda Bosh prokuratura va Hisob palatasi mas’ul rahbar xodimlarining yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va o‘lim holatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axboroti eshitildi.
Ta’kidlanishicha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9548 tasi transport qatnovi ko‘p hududlarda joylashgan va aksariyat maktablar oldida piyodalar uchun yo‘laklar mavjud emas, tegishli svetoforlar o‘rnatilmagan.
Oqibatda joriy yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olgan.
2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1794 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bo‘lgan. O‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining salmog‘i Samarqand, Toshkent (80 tadan), Farg‘ona (69 ta), Qashqadaryo va Surxondaryo (53 tadan) viloyatlarida hamon yuqori ekani qayd etilgan.
Muhokamadan so‘ng Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq takliflari aks etgan qarori qabul qilingani ta’kidlanmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi

2024-yil 1-iyuldan yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus kameralar oʻrnatiladi
Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi – u traktorni boshqarib, poyezd bilan to‘qnashgan
U traktorni boshqarib, poyezd yo‘liga chiqib ketgan.

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun qaysi tashkilotdan ruxsat olish kerak?
O‘quvchilarini o‘zboshimchalik bilan ekskursiya yoki turistik sayohatlarga olib borish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Izohingizni tahrirlang