11-sinf o‘quvchisi Milliy gvardiya kiyimida boshqa bir maktabga kirishga urindi

18:00 / 06.03.2024
2.57k
Boshqa bir maktabning 11-sinf o‘quvchisi Milliy gvardiya kiyimida Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabga kirishga urindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 5-mart kuni Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabda yangi tizimda xizmat olib borayotgan qorovul xodimi yuklatilgan vazifani bajarish vaqtida, soat 15:30 lar atrofida xatti-harakatida shubha uyg‘otgan Milliy gvardiya kiyimida kelgan shaxsni kirish joyida to‘xtatganda, u sohta guvohnamani ko‘rsatib, maktabga kirishi kerakligini aytadi.
Maktab maʼmuriyati ham ushbu shaxsni muqaddam uchratmaganliklari va u maktabga biriktirilmaganligi haqida maʼlumot berishgan.
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu shaxs ogohlantirilib, undan qalbaki guvohnomani topshirilishi so‘ralganda, u xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, hatosini tan olmasdan faol qarshilik ko‘rsatishga uringan. Shunday bo‘lsada uning bu kabi nojo‘ya harakatlarining salbiy oqibatlari qayta tushuntirilgan holda tinchlantiriligan.
Maktab maʼmuriyati ham ushbu shaxsni muqaddam uchratmaganliklari va u maktabga biriktirilmaganligi haqida maʼlumot berishgan.
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu shaxs ogohlantirilib, undan qalbaki guvohnomani topshirilishi so‘ralganda, u xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, hatosini tan olmasdan faol qarshilik ko‘rsatishga uringan. Shunday bo‘lsada uning bu kabi nojo‘ya harakatlarining salbiy oqibatlari qayta tushuntirilgan holda tinchlantiriligan.
Olib borilgan tekshiruvlar davomida ushbu shaxs, Guliston shahrida joylashgan 16-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi U.X. ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda fuqaro U.X. dan Milliy gvardiya xizmat kiyimi va sohta guvohnomasi olib qo‘yilib, uning nima maqsadda forma kiyib maktabga kirmoqchi bo‘lganligi va buning asl sabablarini aniqlash yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Suhbat
Pedagoglar tomonidan o‘quvchilar kaltaklanayotgani aks etgan videotasvirlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
11:37 / 17.11.2023

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi 4 yilga qamaldi
U jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilandi.
11:20 / 17.07.2024

Bolalarni urgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110- moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
12:25 / 26.06.2024

Maktab o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimini kaltakladi
Holat Namangan shahridagi 37-maktabda sodir bo‘lgan.
09:00 / 17.05.2024
Izohingizni tahrirlang