Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ularga malaka toifasini va navbatdagi harbiy unvon berish tartibi qanday?

18:43 / 04.02.2024
922
Ta’lim muassasalari chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ularga malaka toifasini va navbatdagi harbiy unvon berish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Ta’lim muassasalaridagi chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish orqali ularning fanga oid bilim va malakalari mustahkamlanib, sohadagi yangiliklar yetkaziladi.
Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi. Malaka oshirish davomida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan tasdiqlangan dastur asosida umumkasbiy va mutaxassislik bo‘yicha fanlardan nazariy hamda uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarini malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari tizimida ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan aniqlanadi hamda buyurtmalar shakllantiriladi. Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.
Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi. Malaka oshirishdan o‘tgan chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilariga tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda malaka toifalari beriladi.
Zaxiradagi va rezervdagi harbiy unvonga ega bo‘lgan chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga rezervdagi harbiy unvon O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda beriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.
10:00 / 30.01.2024

Maktabda er va xotin direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlashi mumkinmi?
Bu Mehnat kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan.
16:40 / 15.07.2024

Direktor o‘rinbosari xalqaro sertifikat olsa, unga ustama to‘lanadimi?
O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ustamalar to‘lab berish nazarda tutilgan.
12:30 / 06.05.2024

“Ma’naviyatchilar” uchun seminarlar davom etyapti
Seminar doirasida uslubiy qo‘llanmalar ham tarqatilmoqda.
16:50 / 05.05.2024
Izohingizni tahrirlang