2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usman Sharifxodjayev ishdan ketti

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sharifxodjayev Usman Ulfatovich boshqa ishga o‘tayotganligi bois lavozimidan ozod qilindi.
Bu haqda xalqtaliminfo.uz manbasi xabar berdi. Tahririyat so‘rovidan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati bu ma’lumotni tasdiqladi.
Ma’lum boʻlishicha, u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Usman Sharifxodjayev 1986-yil 9-iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent moliya instituti va 2011-yilda Xalqaro Vestministr universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Prezident Administratsiyasi yoshlar, fan, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘linmasi ta’lim shu’basi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2020-yildan - Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2023-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga ko‘ra, Mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Usmon Sharifxodjayev “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Ta’lim muassasasiga tijorat kompaniyasi xodimlarini kiritgan direktorlar ishdan olindi
Ular faoliyati shubhali bo‘lgan tijorat kompaniyasi xodimlarini muassasaga kiritgan

O'qituvchining oyligidan tortib, maktab formasi va maktab darsliklarigacha
Matbuot anjumanini Hilola Umarova ochib berdi

Vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayevga davlat mukofoti berildi
Taqdirlanganlar orasida bir qancha pedagoglar ham bor

Hilola Umarovaning sobiq birinchi o‘rinbosari Agrippina Shin oliygohga rektor bo‘ldi
Bundan avval Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatilgandi.
Izohingizni tahrirlang