O'zbekistonda Ta'lim kodeksini qabul qilish taklifi berildi

15:32 / 29.08.2024
1.55k
O‘zbekistonda “Ta’lim kodeksi”ni tasdiqlash kerak, deya taklif bildirdi xalqtaliminfo.uz tahririyati rahbari Ulug‘bek Po‘latov 28-avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Unga ko‘ra, ushbu masala ko‘rib chiqilsa, ko‘plab muammolar o‘z yechimini topgan bo‘lardi.
“O‘qituvchi yoki pedagogning faoliyati davomida biror savolga duch kelsak, minglab hujjatlarga murojaat qilmay, birgina “Ta’lim kodeksi”dan javob olgan bo‘lardik. Men mana shu taklifni bildirgan bo‘lardim”, - deydi u.
Bu taklifga vazir Hilola Umarova javob berar ekan, @xalqtaliminfo telegram kanalini kuzatishini bildirdi.
“Men sizning kanalingizni doimiy kuzatib boraman. Har bir yangiliklarimizni, tanqidiysini ham, ijobiysini ham ijobiy qilib ko‘rsatasiz.
Juda ham yaxshi taklif bildirdingiz. Ushbu uchrashuvimizdan so‘ng birgalikda bir jamoa tuzsak, shu kabi takliflarni bir yerga jamlasak. Boisi o‘quv yili boshlanishidan oldin masalalarimiz juda ko‘p. Keyingi uchrashuvlarda huquqiy taraflarini ko‘rib chiqsak, juda yaxshi bo‘lar edi”, - degan mazmunda javob berdi vazir.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Pedagogni saylov tadbirlariga jalb qilish qo‘shimcha haq evaziga amalga oshirilishi lozim
Pedagogni uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilganlar javobgar bo‘ladilar
11:13 / 24.10.2024

Maktabga ishga kirish uchun milliy sertifkat kerakmi?
Bu mehnat qonunchiligiga zid
15:02 / 17.10.2024

Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan direktor qayta ishga tiklandi, xodim foydasiga 20 mln so‘m undirildi
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi aybdor bo'lib chiqdi
11:17 / 05.10.2024

Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Bu jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin
15:06 / 16.09.2024
Izohingizni tahrirlang