O‘qituvchilarga maktab hududini tozalatgan direktor 17 million so‘m jarimaga tortildi

Qalampir.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, Namangan viloyati Pop tumani 43-maktab direktori maktabda ta’til bo‘lishiga qaramay, pedagoglarni ta’lim maskaniga chaqirib, soat 16:00 gacha o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga, ya’ni maktab hududidagi o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yulishga majbur qilgan.
Nashrga taqdim etilgan materiallarga ko‘ra, maktab direktori yuqorida sanalgan “qora” ishlarni qilishni istamagan o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul talab qilgan. Bundan tashqari, u o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ota-onalaridan pul yig‘ishga ham majburlagan.
Shundan so‘ng, mazkur holat Pop tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qaroriga zid ravishda, muassasa xodimlari maktab hovlisida tozalov ishlariga jalb etilganligi aniqlangan.
Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Bu hozirgi kunda 17 million so‘mni tashkil etadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.

Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin
Bunday qilmishlar uchun 37 mln so'mgacha jarima mavjud

Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
IIIV ota-onalarni ogohlantirdi

O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi
Izohingizni tahrirlang