O‘qituvchilarga inson omilisiz ustama tayinlash tizimini yo‘lga qo‘yish lozim

21:00 / 29.06.2024
3.05k
Ma’lumki, har yili 1-iyulga qadar ta’lim muassasasidagi pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan 40 foizgacha (medodbirlashma rahbariga 10 foiz) ustamalar tayinlanadi.
Lekin juda ko‘p hollarda pedagog xodimlarga ustama tayinlash jarayonida noxolis yondashuvlar, ularning faoliyatini xolisona baholamaslik, ba’zi hollarda esa ayrim tekshiruvchilar tomonidan Ishchi guruh chiqargan qarorga aralashib, ustamalar noto‘g‘ri tayinlanganligi uchun o‘qituvchilarga (qonunchilikka zid bo‘lsa-da) jarima qo‘llash hollari kuzatiladi.
To‘g‘ri, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlangan.
Lekin bu moliyaviy masala bo‘lganligi uchun ham ta’lim muassasalarida tuzilgan Ishchi guruhlar javobgarlikdan qo‘rqib, pedagoglarning faoliyatini xolis baholay olmasligi mumkin.
"Tanaffus" podkastning ustamalar mavzusiga bag‘ishlangan sonida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi aytganidek, yetarlicha yutuqlari mavjud bo‘lsa-da, yillar davomida ustama olmagan o‘qituvchilar juda ko‘p topiladi.
Shu sababli, o‘qituvchilarga inson omilisiz ustama tayinlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilishi lozim. Buning uchun esa "Pedagogning elektron portfoliosi" tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Xabaringiz bo‘lsa, Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli farmonida 2024-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarning elektron portfoliosi shakllantirib borilishi va unga o‘qituvchilarning malaka darajasi, kasbiy rivojlanish natijalari hamda pedagogik faoliyati davomida erishgan yutuqlari kiritib borilishi belgilandi. Ammo elektron portfolio tizimi yo‘lga qo‘yilgani haqida hali eshitmadik.
Biningcha, pedagog kadrlarning elektron portfoliosini yaratib, bu tizimdan yanada samarali foydalanishimiz mumkin. Ya’ni, o‘qituvchining elektron portfoliosidagi yutuqlariga qarab, hech qanday inson omilisiz nafaqat o‘qituvchiga ustama tayinlash, balki ularni tarmoq va davlat mukofotlariga ham tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mana shunday platformani yaratib, pedagog xodimlar faoliyatini baholash mezonlarini ana shu platformaga joylashtirsa, kim, qachon va aynan qaysi mehnati yoki yutug‘i uchun rag‘batlantirilgani ham barchaga shaffof tarzda ko‘rinib turgan bo‘lardi.
To‘g‘ri, bu tizimni yo‘lga qo‘yish oson bo‘lmaydi, lekin sekin asta, bosqichma-bosqich amalga oshirsa bo‘ladigan ish. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki, xalqtaliminfo.uz tahririyatida "Pedagogning elektron portfoliosi" loyihasini ishlab chiqib, vazirlikka taqdim etish imkoniyati mavjud.
Agar bu loyihani vazirlik moliyalashtirishga ko‘maklashsa, tahririyat jamoasi bajonidil loyiha ustida ishlashi mumkin.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchi ikkita sertifikatga ega bo‘lsa, ikkisi uchun ham ustama to‘lanadimi?
Ustamalar yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi
16:59 / 27.10.2024

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
15:39 / 15.10.2024

Podkast
Pedagoglar ustamalarning qancha qismidan foydalanyapti?
12:00 / 17.05.2024

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
Pedagog xodimlarning erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi.
00:00 / 26.02.2024
Izohingizni tahrirlang