O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchiga ustama berib bo‘lmaydimi?

08:00 / 10.05.2024
5.54k
Savol
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. O‘rta maxsus ma’lumotliman. Ustama uchun hujjat topshiraman desam “zavuchimiz” o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchiga ustama tayinlay olmaymiz deb aytdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Pedagog xodimlarga ustama tayinlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Ushbu nizomning 24-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligidan qat’i nazar, belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi va ko‘rsatkichlariga ko‘ra Ishchi guruh qarori asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilanadi.
Ya’ni, o‘qituvchining oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli bo‘lishi unga ustama tayinlashda hech qanday rol o‘ynamaydi. Asosiysi pedagog xodim nizomda belgilangan baholash mezonlari talablariga javob bersa kifoya.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining talabi qonunchilikka zid.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchi ikkita sertifikatga ega bo‘lsa, ikkisi uchun ham ustama to‘lanadimi?
Ustamalar yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi
16:59 / 27.10.2024

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
15:39 / 15.10.2024

Podkast
Pedagoglar ustamalarning qancha qismidan foydalanyapti?
12:00 / 17.05.2024

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
Pedagog xodimlarning erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi.
00:00 / 26.02.2024
Izohingizni tahrirlang