Psixolog lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish mumkinmi?

09:00 / 09.04.2024
6.28k
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra oliygohlarning pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarga asosiy ishchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.
Ammo talabalarning psixolog lavozimida ishlashiga ruxsat etilmaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 1-apreldagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”da psixologlarning malaka talablari belgilab berilgan.
Unga ko‘ra psixolog lavozimida ishlash istagini bildirgan fuqaro kamida bakalavr darajasidagi psixolog yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatgan bo‘lishi lozim.
Talabalar esa ushbu talablarga mos tushmaydi. Chunki ular tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli shaxslar hisoblanadi. Shu sababli psixolog lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish mumkin emas.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Psixolog lavozimi butunlay tugatildimi?
Bu lavozim butunlay tugatilmaydi
19:30 / 06.09.2024

Maktab psixologiga mukofot pulini kim beradi?
Maktab psixologini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
08:02 / 05.02.2024

Psixologlar ham attestatsiyadan o‘tib toifa olishlari mumkinmi?
Hozirga qadar ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologlarning kasb standarti mavjud emasdi.
07:52 / 05.02.2024

Maktab psixologining lavozim vazifasi nimalardan iborat?
Ular kamida bakalavr darajasidagi psixologik yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatgan bo'lishi lozim.
07:38 / 05.02.2024
Izohingizni tahrirlang