Psixologlar ham attestatsiyadan o‘tib toifa olishlari mumkinmi?

07:52 / 05.02.2024
2.00k
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda psixologlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilangan.
Ammo hozirga qadar ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologlarning kasb standarti mavjud bo‘lmaganligi sababli ular attestatsiyaga jalb qilinmagan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning xabar berishicha, ayni damda psixologlarning kasb standarti ishlab chiqildi.
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qayta ishlab chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng esa psixologlar ham attestatsiyadan o‘tib toifa olishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda psixologlarning oylik maoshi ham malaka toifasiga ko‘ra farqlanib, quyidagicha belgilangan:
➖Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m;
➖Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m;
➖Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m;
➖Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi
Otabek Raxmonberganov
17:04 / 27.11.2024

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni
Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi.
12:00 / 29.10.2024

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.
09:19 / 30.10.2024

Malaka toifasi uchun pul to'lab, arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda
Bu haqda vazirlik tahririyatga ma'lum qildi
09:28 / 18.10.2024
Izohingizni tahrirlang