Ramazon oyida xodimlar ishdan vaqtliroq ketishlari mumkinmi?

10:00 / 06.03.2024
6.83k
Savol
Assalomu alaykum, barchangizga kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Men tashkilot rahbariman. Xodimlarimizga Ramazon oyida qonuniy tartibda ishdan vaqtliroq ketishlari uchun qanday yengilliklar qilib berishim mumkin?
Javob
Ramazon oyida xodimlarga yengillik berish maqsadida quyidagi ayrim usullarni taklif qilishimiz mumkin.
Birinchi usul: Mehnat kodeksining 13-moddasiga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin. Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?
Mehnat kodeksining 12-moddasiga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
—jamoa kelishuvlari;
—jamoa shartnomalari;
—ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
—ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.
Demak, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda Ramazon oyida xodimlar uchun alohida kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.
Agar tashkilotning jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida Ramazon oyi uchun alohida kafolatlar nazarda tutilmagan bo‘lsachi?
Eʼtibor bering, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham kiritilmoqda.
Ya’ni jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida ramazon oyida xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan bo‘lsada, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlarda (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) ham alohida kafolatlarni nazarda tutilishi mumkin.
Chunki yuqorida tahlil qilib o‘tganimizdek, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga kiradi.
Ikkinchi usul: Mehnat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra, ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi ko‘pi bilan 2 soat va kamida 30 daqiqa bo‘lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak. Ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki mehnat shartnomasida, agar xodim uchun belgilangan kunlik ishning (smenaning) davomiyligi to‘rt soatdan oshmasa, unga mazkur tanaffus berilmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
Demak, Ramazon oyida ro‘zador xodimlar uchun biz amaliyotda ko‘nikib qolganimiz dam olish va ovqatlanish uchun 1 soatlik tanaffus o‘rniga ularga dam olishi uchun 30 daqiqa berilsa, shunda ro‘zador xodimlar 30 minut vaqtliroq ketishlari mumkin bo‘ladi.
Uchinchi usul: Ramazon oyida xodimga to‘liqsiz ish vaqti belgilanishi ham mumkin. Bu Mehnat kodeksining 186-moddasida nazarda tutilgan.
To‘rtinchi usul: Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqtidan oldin ham ta’til berish mumkin. Bu Mehnat kodeksining 228-moddasida nazarda tutilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Inervyu
Qog‘oz jurnal afzalmi yoki Kundalik.com?
20:10 / 07.05.2023

30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos
16:15 / 25.08.2024

Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi o‘rindoshlik asosida boshqa maktabda ham ishlashi mumkinmi?
O‘rindoshlik asosida ishlash uchun o‘qituvchi asosiy ish joyidan o‘z hisobidan ta’tilga chiqishi shart emas.
14:28 / 19.07.2024

1,5 stavkadan ortiq ishlagan o‘qituvchidan ortiqcha to‘langan pullar qaytarib olinadimi?
1,5 stavkadan ortiq ishlash mumkin emas.
10:30 / 13.06.2024
Izohingizni tahrirlang