O‘zbekiston jamoalari NASA tomonidan o‘tkazilgan xakatonda qanday ishtirok etdi?

O‘zbekiston jamoalari NASA tomonidan o‘tkazilgan xakatonda qanday ishtirok etdi?
Xalqaro NASA Space Apps Challenge 2024 xakatonida O‘zbekistondan 35 jamoa qatnashdi. Global bosqichga yo‘l olgan uch jamoa endi o‘z loyihalari bilan bosh mukofot — NASA (AQSh)ning tadqiqot markaziga sayohat uchun kurash olib boradi. “Gazeta.uz” xakatonning O‘zbekiston bosqichi qanday o‘tgani haqida hikoya qiladi.
Kosmik fan va texnologiyalarning yutuqlari hamda insoniyat hayotini yaxshilashga qo‘shgan hissasini xalqaro darajada nishonlash maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Butunjahon kosmos haftaligida bu yil ilk bor O‘zbekiston ham qatnashdi. Bunday tadbirni o‘tkazish g‘oyasi BMTning 1999-yili Venada bo‘lib o‘tgan Kosmik fazodan tinch maqsadda tinchlik maqsadida foydalanish va tadqiq etish bo‘yicha uchinchi konferensiyasida o‘rtaga tashlangan.
Shundan beri har yili 4−10-oktabr kunlari butun dunyoda kosmos haftaligi nishonlanadi. Bu sanalar bejiz tanlanmagan: 1957-yil 4-oktabr kuni SSSR Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshini uchirgan, 1967-yilning 10-oktabrida esa AQSh, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi “Kosmosni tadqiq etish bo‘yicha davlatlarning faoliyatlari tamoyillari to‘g‘risidagi bitim”ni imzolagan. Tadbirda kosmik agentliklar, aerokosmik kompaniyalar, maktablar, planetariylar, muzeylar va astronomiya klublari qatnashadi. Har yil uchun ma’lum bir mavzu tanlanib, barcha faolliklar shu mavzu atrofida uyushtiriladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni
Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi.

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.

Ta’tilda bo‘lgan pedagog xodimni to‘garak o‘tishga majbur qilish to‘g‘rimi?
Bunday talab qo'yish qonunchilikka zid

Jahon standartlariga javob beroladigan ta’lim dargohi talabalarni kutmoqda
Profi Universityning yana bir katta binosi qurib bitkazildi.
Izohingizni tahrirlang