Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11-noyabrdan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:
- kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
- qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
- bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
- yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi

“Ta’lim haqida hamma yaxshi gaplarni gapiradi, ammo davlat eski texnologiyalardan foydalanmoqda” – Ahmed al-Bastaki
Mavzuga doir yangiliklar

13-aprel, shanba 1-4-sinf o‘quvchilari uchun ham o‘qish kunimi?
Umumta’lim maktablarida 1—4-sinflar uchun o‘quv haftaning davomiyligi 5 kun etib belgilangan.

Ramazon Hayitida xodimlar necha kun dam olishi aniq bo‘ldimi?
Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Navro‘z bayramida pedagoglar 4 kun, o‘quvchilar 7 kun dam oladilar
Pedagoglar uchun 4 kun ketma-ket dam olish kuni, maktab o‘quvchilari uchun 7 kunlik bahorgi ta’til belgilangan.

O‘quvchilar uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri keladi.
Izohingizni tahrirlang