Jismoniy tarbiya o'qituvchilari tarkibini yangilash topshirig'i berildi

15:20 / 30.09.2024
16.33k
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilayotgan muloqotda 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emasligini tanqid qilindi.
“Bizning qanday mard va jasur chempionlarimiz, qahramonlarimiz bor? Ularning har biri yoshlarimiz uchun vatanparvarlik bo‘yicha chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Shu borada, milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liq.
Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas. Ikramov endi bu o‘qituvchilar tarkibini tubdan yangilab, faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldiradi. Ularning kasbiy mahorati va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yo‘lga qo‘yadi.
Shu paytgacha mahallalarda qurib kelingan sport maydonchalari endi maktablar hududida barpo etiladi. Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasini ishlab chiqamiz.
Shu asosda, respublikada Aripov va hududlarda viloyat rahbarlari boshchiligida islohotlar amalga oshirilib, yoshlarimiz o‘rtasida bu sport turi yanada rivojlantiriladi. Shundagina sport bo‘yicha yaxlit tizim paydo bo‘lib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarining sifati oshadi, mahallarda ommaviy sport rivojlanadi”, dedi Prezident.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

“Ta’lim haqida hamma yaxshi gaplarni gapiradi, ammo davlat eski texnologiyalardan foydalanmoqda” – Ahmed al-Bastaki
Bu haqda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi tadbirida aytildi
10:53 / 19.10.2024

2025-yilda ta’lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi
18:21 / 17.10.2024

Prezident yangilangan A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti bilan tanishdi
Institut eng zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ta’mirlandi
16:19 / 30.09.2024

Ayrim hududlardagi o'qituvchilar malakasini oshirish markazlari nochor ahvolda qolayotgani aytildi
Guliston, Namangan va Farg‘ona shaharlari malaka oshirish markazlari tanqid qilindi
13:41 / 30.09.2024
Izohingizni tahrirlang