Vazir Xilola Umarova lavozimidan voz kechmoqchi...mi?

2023-yildan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xilola Umarova joriy yil bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining Uzdiplomat.uz nashriga ma’lum qilishicha, vazir Xilola Umarova agar deputatlikka saylansa, egallab turgan lavozimidan voz kechishi haqida ariza yozgan.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning 30-dekabrida (sobiq) Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Xilola Umarova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Xilola Umarova 1988-yil 9-avgustda Germaniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. U 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2013-yilda mazkur universitetning magistratura bosqichini tamomlagan. O‘zbek, rus, ingliz tillarini mukammal biladi. Uning mutaxassisligi tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘lsa-da, ammo pedagogika sohasiga begona emas.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Prezident yana bir bor ta’limga oid takliflarni ko‘rib chiqdi
Bu safar maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi

O'qituvchining oyligidan tortib, maktab formasi va maktab darsliklarigacha
Matbuot anjumanini Hilola Umarova ochib berdi

Alisher Qodirov vazir Xilola Umarova faoliyatini tanqid qildi
Vazirning biron marta ham Parlamentga hisobot bermagani aytildi

Xilola Umarova maktablardagi tibbiyot xonalari haqidagi parlament so‘roviga javob yubordi
Avvalroq vazirga parlament so'rovi yuborilgandi.
Izohingizni tahrirlang