O‘qituvchilarga darslarni to‘liq taqsimlamay turib, talabani ishga olish to‘g‘rimi?

Savol
Hozirda maktabimizda 2 ta matematika, 1 ta informatika o‘qituvchisi ishlaydi. 65 soat dars bor. Biz matematiklar 1.5 stavkada ishlab kelamiz, qolgan 5 soat matematika darsi informatika o‘qituvchimiz o‘tib keladi.
Endi bu yil direktorimiz bir talabani ishga olyapti. Bizning darsimizdan unga olib berishi to‘g‘rimi? O‘z talabalarga qancha dars berish mumkin?
Javob
Ma’lumki, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (3271-sonli) nizomning 15-bandidagi ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etilgan.
Ammo o‘qituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari sifatida hududiy bandlik bo‘limiga taqdim etilgan bo‘lsa, fuqarolar mana shu bo‘sh ish o‘rinlari uchun da’vogarlik qilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori 3-ilovasi, 20-bandida o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida ularga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari sifatida qayd etilmasligi belgilangan. Lekin bu qoida juda ko‘p joylarda ishlamayapti.
Agar ana shu vakant ish o‘rni uchun hududiy bandlik bo‘limi tomonidan taqdim etilgan yo‘llanma orqali biror-bir fuqaro ish so‘rab kelsa, ish beruvchi qonunchilikda nazarda tutilgan normalar asosida ushbu xodimni ishga olish yoki olmaslik masalasini hal etishi mumkin.
Mehnat kodeksining 123-moddasiga ko‘ra, zarur bo‘lgan malaka talablariga muvofiq keladigan xodimni tanlab olish maqsadida ish beruvchi ishga kirayotgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazishga haqli.
Ish so‘rab kelgan nomzodlarni tanlovdan o‘tkazish Adliya vazirligidan 2023--yil 14-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3451-sonli "Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizom" talablari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Nomzod tanlovdan o‘tmasa, ish beruvchi unga Mehnat kodeksining 119-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma asosni taqdim etadi.
Ana shu holatda barcha dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lib berilishi mumkin.
Agar ish so‘rab kelgan 3-bosqich talabasi barcha talablarga javob berib, ishga qabul qilinsa, dars soatlari o‘qituvchilar hamda yangi ishga kirgan talaba o‘rtasida taqsimlanadi.
Ma’lumki, bunda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatgichlar asosida birinchi navbatda maktabdagi pedagog xodimlarga ko‘proq dars soatlari ajratiladi.
Shundan so‘ng, pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabasiga qolgan dars soatlari beriladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Intervyu
Dars taqsimoti, maktablardagi shtatlar, o‘qituvchi tarif stavkasi haqidagi muammoli savollarga javob topish uchun ayrim vazirliklarga yuzlandik.

“Tarbiya” fani qayta tayyorlashda o‘qigan psixologga beriladimi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga?
Ushbu fanni psixolog ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ham o‘qitishi mumkin

Joriy o'quv yilidan pensionerlarga faqat 6 soat dars beriladimi?
Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarni dars soatlari bilan ta’minlash borasida xabarlar tarqaldi

30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos
Izohingizni tahrirlang