Andijonlik o‘quvchi qiz Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritdi

Joriy yilning 15-22-iyul kunlari Germaniyaning Gyottengen shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoning 62 ta mamlakatidan 100 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida Andijon shahri, 4-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ibrohimova Rayyona ilk marotaba oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Mazkur olimpiadada ishtirok etish uchun 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq nemis tili o‘rganuvchilar 60 dan ortiq ishtirokchi-mamlakatlarda dastlab milliy saralash bosqichida qatnashdilar va yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 2024-yilning iyul oyida xalqaro nemis tili olimpiadasi tomon Gyottingenga yo‘l olgandilar.
Shuningdek, o‘quvchilarga hamrohlik qiluvchi faol o‘qituvchilar uchun Gyottingenda olimpiada doirasida didaktik va uslubiy mavzular bo‘yicha seminarlar ham tashkil etildi.
Olimpiadada milliy saralash bosqichlarining g‘oliblari uch xil til bilish darajalari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bellashadilar. Bu yerda nafaqat til bilimlari, balki madaniyatlararo kompetensiya va xalqaro guruhlarda ishlay olish qobiliyati ham talab qilinadi.
Ishtirokchilarning alohida shakldagi va jamoaviy natijalari xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Endi o‘quvchilar 5–8-sinfdan boshlab xalqaro olimpiadalarga tayyorladi
Bu haqda Prezident qarori imzolandi

Endi fan olimpiadasi g‘oliblari uchun to‘lanadigan pullardan daromad solig‘i olinmaydi
Avvallari olimpiadalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchi 20 mln 400 ming so'm daromad solig'i to'lardi

91 ta medal: O‘zbekiston fan olimpiadachilari haqiqiy qahramonlar!
O‘zbekistonning dunyo akademik reytingidagi o‘rni qanday

Xalqaro olimpiada sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi
Bu haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida qayd etilgan.
Izohingizni tahrirlang