Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Shukurov O‘tkirbek Ilhomovich Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘tkirbek Shukurov 1983-yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2012-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Andijon shahri 47-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.
Faoliyati davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati kengashida mutaxassis, bo‘lim mudiri, kengash raisi, markaziy kengash raisining o‘rinbosari, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Karimov Rasuljon Rafiqovich boshqa ishga o‘tganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Ushbu lavozimga Burxonxo‘jayeva Xushnamo Madaminovna tayinlandi.

Hilola Umarovaning sobiq birinchi o‘rinbosari Agrippina Shin oliygohga rektor bo‘ldi
Bundan avval Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatilgandi.

Andijon viloyati MMTB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi
U 2023-yilda shu lavozimga tayinlangandi.

Madaniyat bo‘limi rahbari Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi
Shahzod Eshonqulov Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izohingizni tahrirlang