Ustama tayinlangan o‘qituvchiga mukofot puli berib bo‘lmaydimi?

21:20 / 30.06.2024
8.81k
Savol
Maktabda 30 yildan buyon pedagog bo‘lib faoliyat yuritaman. Ustama olgan o‘qituvchi 1-oktyabrda beriladigan 525 000 so‘mlik mukofot pulini olishi mumkin emasmi? Agar olgan bo‘lsa qaytaradimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Nizomga ko‘ra maktab pedagogik kengash qarori, direktorning buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalar belgilanadi, mukofotlanadi va ularga moddiy yordam tayinlanadi.
Mazkur nizomda ustama tayinlangan pedagog xodimga mukofot puli bermaslik to‘g‘risida hech qanday qoida belgilanmagan.
Ya’ni, ustama tayinlangan barcha pedagog xodimlar “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha (525 ming so‘m) miqdorida mukofotlanishi mumkin.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Nizomning 15-bandida esa Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har oylik ustama olayotgan malakali pedagog kadrlarga bir martalik pul mukofotlarini belgilashga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.
Lekin ushbu nizomning Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga mutlaqo aloqasi yo‘q.

Ko‘pchilikni chalg‘itayotgan holat qaysi?

Sababi, u yerda direktor jamg‘armasidan emas balki, vazir jamg‘armasi hisobidan olinadigan 5 mln 775 ming so‘mlik ustamalar nazarda tutilgan.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, direktor jamg‘armasi hisobidan ustama olayotgan pedagoglarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha (525 ming so‘m) miqdorida mukofot puli berish mumkin.

Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchi ikkita sertifikatga ega bo‘lsa, ikkisi uchun ham ustama to‘lanadimi?
Ustamalar yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi
16:59 / 27.10.2024

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
15:39 / 15.10.2024

Podkast
Pedagoglar ustamalarning qancha qismidan foydalanyapti?
12:00 / 17.05.2024

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
Pedagog xodimlarning erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi.
00:00 / 26.02.2024
Izohingizni tahrirlang