Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?

23:15 / 26.06.2024
4.44k
Savol
JavobAgar 2024-yil 1-iyun (shanba kuni)dan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqsangiz, ta’til puli 2024-yil 31-may (juma kuni)gacha (shu kuni ham) tushishi kerak. Agar tushmasa, demak qonunchilik buzilmoqda.
Bu holatda Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ta’til to‘lovlarini to‘lash muddatini buzgan taqdirda pulli kompensatsiya to‘lashi shart.
Ko‘pchilik ish beruvchi pulli kompensatsiya to‘lashi shart degan jumlani noto‘g‘ri talqin qilib, axir ish beruvchi maktab direktori bo‘lsa, ta’til puli kechikishiga direktor aybdor emas-ku, nega pulli kompensatsiyani u to‘lashi kerak deb ham savol beradi.
E’tibor bering, Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra ish beruvchi – bu direktor emas, maktab hisoblanadi. Ya’ni, pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan emas, maktab (davlat byudjeti) hisobidan to‘lab beradi.
Mehnat kodeksining 333-moddasi talablaridan kelib chiqib, xodimning ta’til puli miqdori 6 million so‘m to‘lanishi kerak bo‘lgan summa 10 kunga kechiktirilsa, har bir kechiktirilgan kun uchun quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
6 mln so‘mning 1.4 foizi 84 ming so‘m bo‘ladi.
Bu yerda, 1.4 foiz – bugungi kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 14 foizi bo‘lib, Mehnat kodeksining 333-moddasi talabi bo‘yicha 10 foizi olingan.
Shunga ko‘ra, ish beruvchi xodimga o‘n kun uchun 840 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘lashi lozim.
Mazkur pulli kompensatsiya xodimga to‘lab berilmagan taqdirda hududiy mehnat inspeksiyasiga yoki tumanlararo sudga murojaat qilish mumkin.
Mehnat ta’tiliga chiqqanimga 10 kunga yaqin vaqt o‘tsa ham “otpusknoy puli” tushmadi. Kechiktirilgan ish haqining har bir kuni uchun kompensatsiya to‘lanadi, deb o‘qigandim. Bu ta’til puliga ham tegishlimi? Agar shunday bo‘lsa qayerga murojaat qilsam bo‘ladi?
Javob
Bu holatda Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ta’til to‘lovlarini to‘lash muddatini buzgan taqdirda pulli kompensatsiya to‘lashi shart.
Ko‘pchilik ish beruvchi pulli kompensatsiya to‘lashi shart degan jumlani noto‘g‘ri talqin qilib, axir ish beruvchi maktab direktori bo‘lsa, ta’til puli kechikishiga direktor aybdor emas-ku, nega pulli kompensatsiyani u to‘lashi kerak deb ham savol beradi.
E’tibor bering, Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra ish beruvchi – bu direktor emas, maktab hisoblanadi. Ya’ni, pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan emas, maktab (davlat byudjeti) hisobidan to‘lab beradi.
Mehnat kodeksining 333-moddasi talablaridan kelib chiqib, xodimning ta’til puli miqdori 6 million so‘m to‘lanishi kerak bo‘lgan summa 10 kunga kechiktirilsa, har bir kechiktirilgan kun uchun quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
6 mln so‘mning 1.4 foizi 84 ming so‘m bo‘ladi.
Bu yerda, 1.4 foiz – bugungi kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 14 foizi bo‘lib, Mehnat kodeksining 333-moddasi talabi bo‘yicha 10 foizi olingan.
Shunga ko‘ra, ish beruvchi xodimga o‘n kun uchun 840 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘lashi lozim.
Mazkur pulli kompensatsiya xodimga to‘lab berilmagan taqdirda hududiy mehnat inspeksiyasiga yoki tumanlararo sudga murojaat qilish mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Intervyu
56 kalendar kun yoki 48 ish kunidan iborat mehnat ta’tilining asosiy farqi nimada?
16:20 / 07.07.2023

Sentyabrda ishga kirgan o‘qituvchiga necha kunlik "otpuska puli" chiqadi?
Pedagog xodimga ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda ta'til beriladi.
21:50 / 08.07.2024

Ta’tilda bo‘lgan pedagoglarga topshiriqlar berilishi to‘g‘rimi?
Mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimni qo‘shimcha ishlarga jalb qilish mumkin emas.
12:22 / 09.07.2024

17-18-iyun kungi dam olish kunlari uchun mehnat ta’tiliga haq to‘lanadimi?
Bu borada amaliyotda hozir 2 xil standart ketmoqda.
14:13 / 03.07.2024
Izohingizni tahrirlang