Milliy sertifikatga ustama olish uchun o'qituvchilar necha ball yig‘ishi kerakligi ma’lum bo‘ldi

11:30 / 07.05.2024
27.94k
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangandi.
Ma’lunm bo‘lishicha, endilikda yangi Rash modeli bo‘yicha fan o‘qituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqildi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqotda ma’lum qilindi.
Vazirlik mas’ul xodimining aytishicha, ayni vaqtda qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rash modeliga ko‘ra milliy sertifikatr uchun quyidagi darajadagi sertifikatlar beriladi:
- 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
- 65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
- 60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
- 55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
- 50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
- 46 — 49,9 ball olgan talabgorga C daraja.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchi ikkita sertifikatga ega bo‘lsa, ikkisi uchun ham ustama to‘lanadimi?
Ustamalar yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi
16:59 / 27.10.2024

Maktabga ishga kirish uchun milliy sertifkat kerakmi?
Bu mehnat qonunchiligiga zid
15:02 / 17.10.2024

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
15:39 / 15.10.2024

Podkast
Pedagoglar ustamalarning qancha qismidan foydalanyapti?
12:00 / 17.05.2024
Izohingizni tahrirlang