Attestatsiya test sinovlari qaytadan o‘tkazilishi kerak

10:00 / 17.04.2024
10.16k
Xabaringiz bor, 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelganligi sababli, Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari testlardan yaxshi natija qayd eta olmaganligi aniqlangan. Ko‘pchilik pedagoglar mazkur holatdan noroziligini bildirib, attestatsiya test jarayonlari qayta tashkil etilishini talab qilmoqda.
Xo‘sh, bu vaziyatda qanday yo‘l tutish lozim?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 4-bobida pedagog xodimlarning attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish qilish tartibi belgilangan.
Bunda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari lozim. Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilgach, pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, attestatsiya natijalari o‘zgartirilishi lozim.
Agar 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlarida bo‘lgani kabi, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, vazirlik test sinovlarining qaytadan topshirilishini tashkil etish lozim.
Bizningcha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagoglardan yozma murojaat kelib tushishini kutmay, test sinovlarini qayta tashkil etish choralarini ko‘rishi zarur. Chunki, bunday holat 15-16-aprel kunlari butun Respublika bo‘ylab kuzatilgan. Albatta, bunda testni muvofaqqiyatli yakunlab, hech qanday texnik muammolarsiz toifa olgan pedagoglar attestatsiya jarayoniga qayta jalb etilmasligi lozim.
Bizningcha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagoglardan yozma murojaat kelib tushishini kutmay, test sinovlarini qayta tashkil etish choralarini ko‘rishi zarur. Chunki, bunday holat 15-16-aprel kunlari butun Respublika bo‘ylab kuzatilgan. Albatta, bunda testni muvofaqqiyatli yakunlab, hech qanday texnik muammolarsiz toifa olgan pedagoglar attestatsiya jarayoniga qayta jalb etilmasligi lozim.
Hozircha mazkur holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy bayonot berganicha yo‘q.
Izohlar 21
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi
Otabek Raxmonberganov
17:04 / 27.11.2024

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni
Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi.
12:00 / 29.10.2024

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.
09:19 / 30.10.2024

Malaka toifasi uchun pul to'lab, arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda
Bu haqda vazirlik tahririyatga ma'lum qildi
09:28 / 18.10.2024
Izohingizni tahrirlang